NAFMEDIA / EXPERTISE

Marketing va
media xizmatlari.

Bozorni o‘rganishdan kreativ va media joylashtirishgacha. Bitta vazifa yoki kompleks marketing uchun kerakli xizmatlarni tanlang.

Xizmatni tanlash
01 / STRATEGY & GROWTH

Marketing strategiyasi

Brendingiz bozorda qayerda turibdi, mijoz sizni nima uchun tanlashi kerak va unga qanday yetib borasiz? Shu savollardan aniq marketing rejasigacha birga boramiz.

  • Bozor va raqobatchilarni o‘rganish
  • Maqsadli auditoriya va mijoz yo‘lini tahlil qilish
  • Pozitsiyalash va UTP — noyob savdo takliflari
02 / SOCIAL & CONTENT

SMM va kontent

Ijtimoiy tarmoqlarni brendingizning davomiga aylantiramiz. G‘oya, suratga olish va dizayndan e’lon qilish hamda natijalarni tahlil qilishgacha — yagona kontent tizimi.

  • Ijtimoiy tarmoqlar auditi va kontent strategiyasi
  • Oylik kontent reja va matnlar
  • Reels, video va foto uchun ssenariylar
03 / BRAND & DESIGN

Brending va dizayn

Brendning mazmuni va ko‘rinishini birlashtiramiz. Nomingiz, vizual tilingiz va har bir aloqa nuqtasi bir-biriga mos bo‘lishi uchun yaxlit identika yaratamiz.

  • Brend platformasi va pozitsiyalash
  • Neyming va kommunikatsiya ohangi
  • Logotip va vizual identika
04 / PERFORMANCE ADS

Target reklama

Meta platformalarida reklama kampaniyalarini biznes maqsadlariga bog‘laymiz. Auditoriya, kreativ va takliflarni sinab, ma’lumotlar asosida optimallashtiramiz.

  • Reklama kabineti auditi va sozlash
  • Auditoriya segmentlari va reklama takliflari
  • Reklama kreativlari va matnlari
05 / SEARCH & DISCOVERY

SEO va kontekst reklama

Organik qidiruv va qidiruv reklamasini bir maqsadga yo‘naltiramiz. Saytning texnik holatidan kalit so‘zlar, sahifalar va reklama kampaniyalarigacha ishlaymiz.

  • Saytning texnik SEO auditi
  • Kalit so‘zlar va qidiruv niyatini tahlil qilish
  • Sahifalar, meta-teglar va kontentni optimallashtirish
06 / WEB & DIGITAL

Veb-sayt va IT yechimlar

Biznesingizni tushunarli ko‘rsatadigan va mijozga keyingi qadamni osonlashtiradigan raqamli mahsulotlar yaratamiz. Dizayn, dasturlash va integratsiya bir jarayonda.

  • Landing va korporativ saytlar
  • Foydalanuvchi yo‘li, UX/UI dizayn
  • Mobil qurilmalarga mos dasturlash
07 / PR & REPUTATION

PR va shaxsiy brend

Kompaniya va ekspertlarning omma bilan muloqotini rejalashtiramiz. Shaxsiy pozitsiya, kontent va hamkorliklarni umumiy kommunikatsiya maqsadi atrofida birlashtiramiz.

  • Shaxsiy brend auditi va pozitsiyalash
  • Kommunikatsiya va kontent strategiyasi
  • Ekspert kontenti va intervyu ssenariylari
08 / MEDIA & REACH

Media joylashtirish

Raqamli va oflayn reklama nuqtalarini yagona media rejaga birlashtiramiz. Format va joylashuvni auditoriya, biznes vazifasi va mavjud imkoniyatlarga qarab tanlaymiz.

  • Auditoriyaga mos media reja
  • Ekran va monitorlarda reklama joylashtirish
  • Table-tent va bosma reklama materiallari
09 / RESEARCH & INSIGHTS

Bozor va marketing tadqiqotlari

Bozor, raqobatchilar, mahsulot va auditoriyani o‘rganamiz. Tadqiqot natijalarini biznesingiz uchun tushunarli xulosalar va amaliy tavsiyalarga aylantiramiz.

  • Bozor tuzilishi va talabni o‘rganish
  • SWOT va TOWS strategik tahlili
  • Raqobatchilar takliflari va pozitsiyasini solishtirish
+ KELING, BOSHLAYMIZ

Katta g‘oya.
Aniq qadam.

Brendingiz haqida gapirib bering. Marketing, tadqiqot yoki media — keyingi qadamni birga belgilaymiz.

Har bir loyiha uchun alohida yondashuv.
Qaysi yo‘nalish qiziqtiradi? Bir nechtasini tanlashingiz mumkin.

Ish tarkibi, narx va muddat siz bilan alohida kelishiladi.